Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 mln gektardan ortiq maydonda Orol qum-sahrosi paydo bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Orol qum-sahrosi paydo bo‘lgani tufayli har yili 100 mln tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Orol dengizining suvsiz qolgan yerlarida yashil o‘rmonlar barpo etishga alohida e’tibor bermoqdamiz.
Biz O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz.
Qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‘ra, Orol dengizining suv osti hududida kelgusi yilning o‘zida yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi.
Yaqinda aeroportni ochib, Nukusga katta samolyotni qo‘ndirdik. Nukusda hamma narsaga ruxsat beramiz.
Bir oy ichida ikkita katta zavod ochilyapti. Qoraqalpog‘istonning shahar va qishloqlarida kelajakda yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Mo‘ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan shaharcha qurmoqchimiz», - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin