Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol, sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi