
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 yanvar kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlib (yomgʻir, qor), tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Samarqand va Jizzax viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar