18:51 / 11.01.2019
2 846

“Tatneft” O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda

“Tatneft” O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda
Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i qo‘yish shahobchalarini qurishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta AYoQSh quriladi, deb xabar bermoqda «Sputnik».

«Tatneft»ning ushbu loyihasi 2019 yilning bahor oyida boshlanadi. Qayd etilishicha, «Tatneft» O‘zbekistondagi AYoQShlariga o‘z yoqilg‘isini yetkazib beradi. Tayyor mahsulotlarini saqlash uchun «O‘znefteprodukt» AJ rezurvuarlarini ijaraga oladi.

«Tatneft» — Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va u 1950 yili tashkil qilingan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetevsk shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » “Tatneft” O‘zbekistonda AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirmoqda
[/banner_pushhouse