18:38 / 14.01.2019
3 277

2019 yilda O‘zbekistonga sayohat qilish uchun 5 sabab

2019 yilda O‘zbekistonga sayohat qilish uchun 5 sabab
Markaziy Osiyoning eng ko‘rkam mamlakatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston sayyohlarni o‘zining ajoyib Buyuk Ipak yo‘li merosi, salobatli masjidlari, minoralari va sershovqin bozorlari bilan maftun qilib keladi, deb yozadi GoodHousekeeping nashri.

Afsonaviy Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan mamlakat dam olish uchun har tomonlama salohiyatli maskan hisoblanadi. 2019 yil O‘zbekistonga sayohat qilish uchun eng mukammal davr. Nima uchun deysizmi?

1. Endi sizga viza kerak bo‘lmaydi
2019 yilning 1 fevralidan 45 mamlakat, jumladan Buyuk Britaniya va Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada kabi Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga O‘zbekistonga sayohat qilishga viza kerak bo‘lmaydi. 2016 yilda davlat rahbari etib saylangan Shavkat Mirziyoyev mamlakatni global turizm va investitsiyalar uchun ochish maqsadida qator islohotlar haqida e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan YuNESKO jahon merosiga kirgan tarixiy hududlar, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarini bog‘lovchi tezyurar temir yo‘l tarmog‘i sharofati bilan turizm rivoji 40 foizga oshgani kuzatilgan.

2. O‘zingiz uchun Markaziy Osiyo oshxonasi durdonalarini kashf qiling
O‘zbekistonda to‘yimli taomlar ko‘p - chuchvaradan tortib to qo‘y go‘shtidan tayyorlangan kaboblargacha. Aslida qo‘y va qo‘zichoq go‘shti o‘zbek taomlarida keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonning eng mashhur milliy taomi - palov, ya’ni guruch, go‘sht, sabzi, piyoz va ziravorlarni o‘zida jamlagan taom. Palov odatda oilaviy tadbirlar, to‘y hamda bayram kunlari tortiq qilinadi.

Asrlar davomida O‘zbekistonda Buxoro yahudiylari ham istiqomat qiladi hamda mamlakat urf-odatlari va madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shib keladi. Buxoroning ba’zi an’anaviy taomlari - sarimsoq sousli qovurilgan baliq, osh-palov - mol va tovuq go‘shtidan tayyorlangan guruchli taomning o‘ziga xos varianti.

3. Jahonning eng qadimiy me’morchilik durdonalarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring
Zamonaviy O‘zbekiston qadim islom dunyosining madaniy va ilm-fan markazi bo‘lgan shaharlardan tashkil topgan, shuning uchun u yerda qator me’morchilik durdonalari joylashgan. Masalan, Buyuk Ipak yo‘li bo‘yidagi Buxoro shahrida 365 masjid mavjud, Xivaning o‘rta asr savdo markazi esa sahroda ajoyib saqlanib qolgan.

Shuningdek, Samarqand shahridagi Registon maydoni betakror - feruzarang gumbazlar, naqshinkor madrasalar, salobatli arkalar va baland minoralar. Ajdodlar merosiga yaqinlashishni istasangiz, O‘zbekiston buning uchun ayni muddao.

Foto: Adam's Express Travel
4. Ajoyib manzaralarni kashf qiling
O‘zbekiston - geografik jihatdan rang-barang mamlakat, undan sahrolar, yashil vodiylar hamda qorli tog‘lar o‘rin olgan.

Tarixan Qoshg‘ar, Samarqand va Farg‘ona vodiysini birlashtiruvchi Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi O‘zbekiston sharqidan Qirg‘iziston janubi va Tojikiston shimoli tomon o‘tgan. Dengiz sathidan 2268 metr balandlikda joylashgan Qamchiq dovonidan atrofga go‘zal manzara ochiladi.

5. Amaliy san’at namunalarini ko‘ring
Ipakchilik O‘zbekistondagi muhim sohalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yerda ipak matoning tayyorlanishini boshidan oxirigacha o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib guvoh bo‘lishingiz va ajoyib kiyim-kechak predmetlari hamda gilamlarni sotib olishingiz mumkin.

O‘zbek madaniyatining yana bir muhim qismi - taom va pishiriqlar tayyorlash. Doira shaklidagi o‘zbek noni an’anaviy tandirda yopiladi.

Manba: Kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » 2019 yilda O‘zbekistonga sayohat qilish uchun 5 sabab
[/banner_pushhouse