O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20 yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bermoqda.
Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ob-havo 20 yanvar kuni soviydi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va haroratning kunduzi +2, +4 daraja, kechasi -2, -0 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20 yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23 yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
20 yanvar kuni respublika bo‘yicha o‘rtacha harorat kechasi -2, +3 daraja, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi bildirildi.
21—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5, 0 daraja sovuq, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 20—21 yanvar kunlari havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. 22—23 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5, -10 daraja sovuq, kunduzi -5, 0 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi