Respublika Gidrometeorologiya markazi 29 yanvardan 1 fevralgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unda qayd etilishicha, 29 yanvardan boshlab mamlakatda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 yanvar — 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—29 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 yanvar — 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq, 31 yanvar — 1 fevral kunlari kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq atrofidagi harorat kuzatiladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 yanvar va 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 29—30 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq , kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 31 yanvar—1 fevral kunlari kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 29 yanvar va 1 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30—31 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 30 yanvar — 1 fevralda kechasi kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29—31 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 30—31 yanvar kunlari ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29—30 yanvarda 15-20 m/s kuchayadi. Harorat 29—31 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 1 fevralda 2-7 daraja sovuq, 29 yanvar kunduzi 3-8 daraja iliq, 30 yanvar-1 fevral kunlari kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”