O‘zbekiston bozoriga taxminan 14 ta xorijiy aviakompaniya kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari v.b. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ma’lum qildi.
«Shaxsan o‘zim to‘rtta katta loukoster kompaniya bilan gaplashdim. O‘zbekiston bozoriga 14 ta turli kompaniya qiziqish bildirmoqda. Bu faqatgina loukosterlar emas. Ular orasida - KLM (Niderlandiya), Lufthansa (Germaniya), Lion Air (Indoneziya) va boshqalar», - dedi Qosimxo‘jayev.
Turkiyaning ikkita loukosteri Pegasus Airlines va Atlasglobal, shuningdek, BAAdan Flydubai hamda Rossiyadan yana bir kompaniya O‘zbekiston bozorini kuzatmoqda.
«2018 yil aviasohada katta o‘zgarishlar bo‘ldi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» monopoliyani yo‘qotdi. Aeroportlarni boshqarish funksiyasi Uzbekistan Airports’ga berildi. Endi kim bozorga kirishi masalasi bevosita bosh vazirning vakolatlari orasida», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airports’ga aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularning infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish majburiyati yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi