
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yoʻlovchi poyezdlaridagi bojxona qonunchiligi buzilishi holatlariga oʻz vaqtida chek qoʻyilmoqda. Bu haqida Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmatiga tayangan holda Darakchi.uz yozadi.
“Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yoʻlovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, ushbu shaxs vagon toʻshagiga oʻrab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini mamlakatimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Shuningdek, fuqaro S.X. esa qiymati 112 million soʻmdan koʻproq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda yurtimizga olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan toʻxtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar