date
views 2 934

Shavkat Mirziyoyev BAA ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev BAA ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Bu borada oʻzaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BAA ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi