14:06 / 28.03.2019
2 786

Ishmetov: “Oʻzbekiston muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri formulasini topdi”

Ishmetov: “Oʻzbekiston muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri formulasini topdi”
Oʻzbekiston islohotlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri formulasini topdi, deya maʼlum qildi Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov payshanba kuni Toshkentdagi xalqaro moliya-bank forumida.

Ishmetovning qayd etishicha, soʻnggi 2,5 yil Oʻzbekistonda barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Barcha islohotlar koʻp qirrali boʻlishiga qaramasdan, ular yagona ruhga ega. Bu Oʻzbekiston xalqi uchun munosib va baxtli hayotga erishishda yangi imkoniyatlar yaratadi”, - dedi u.

“Biz haqiqiy qiyinchiliklar hali oldinda ekanini tushunamiz. Lekin bu bizni toʻxtatmaydi. Olgan tajribamiz ishonch beradi. Muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri formulasini topdik, desak toʻgʻri boʻladi”, - deya taʼkidlab oʻtdi MB raisi oʻrinbosari.

Birinchidan, uning soʻzlariga koʻra, bu islohotlarni amalga oshirish uchun siyosiy irodaga taalluqli, shuningdek, “oʻz sohasidagi mutaxassislarga ishini bajarishga, bilimi va malakasini mamlakatni rivojlantirish ishiga sarflash imkonini beradi”. Ishmetov xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni muvaffaqiyatga erishishning muhim yoʻnalishi sifatida baholadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ishmetov: “Oʻzbekiston muvaffaqiyatga erishishning toʻgʻri formulasini topdi”