
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan prezident xalq qabulxonalari faoliyati rossiyalik huquq himoyachisi, Rossiya prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotovda juda katta taassurot qoldirdi.
Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Rossiya yuridik forumi doirasida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusi davomida Fedotov bu borada oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
“Men Samarqandda Prezident xalq qabulxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Haqiqiy taʼsirli manzara! Fuqaro kelib, bir vaqtning oʻzida u yerda istalgan davlat organi: xoh u militsiya boʻlsin, yoki prokuratura, yoki soliq xizmati va boshqa idoralar mutaxassislaridan maslahat olishi mumkin. Yoʻlga qoʻyilgan ushbu mexanizm juda muhim. Oʻylaymanki, biz bu tajribani oʻrganamiz”, - dedi Fedotov.
Rossiya prezidenti maslahatchsi, shuningdek, Oʻzbekiston tomonidan Markaziy Osiyo maydonida huquqni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish mavzusida ilgari surilgan tashabbuslarga ham “oʻta muhim”, deya baho berdi hamda Samarqandda kelajakda muntazam oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yuridik forumda Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha kengashim ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
“Oʻzbekiston birinchi qadamni qoʻydi, biz ikkinchisini tashlashga tayyormiz. Birgalikda qadam tashlaymiz!”, - dedi Fedotov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar