O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmon 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olindi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu marosimdan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Qozog‘iston rahbarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.
– Qozog‘iston Respublikasi prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni O‘zbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozog‘iston biz uchun yaqin qo‘shni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, muzokaralar samarali o‘tishiga ishonishini qayd etdi.
– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik sifati va amaliy mazmuni haqidagi gaplaringizga to‘la qo‘shilaman. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich, va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu sur’atni saqlab qolishni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozog‘istonda qardosh O‘zbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, – dedi Qasim-Jomart Toqayev.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Qozog‘iston mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatladi.
Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Muloqotda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiyalari mos yoki yaqin ekani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi