O‘zbekiston Yaqin Sharqda 1994 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinuvchi eng yirik Arabian Travel Market xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan.travel'ga tayanib Kun.uz.
Har yili aprel oyida butun dunyodan turizm sohasining 39 mingdan ziyod mutaxassisi va OAV vakillari Dubai International Convention and Exhibition Centre’da to‘planishadi va to‘rt kun davomida o‘zaro tajriba almashishadi, bitimlar imzolashadi, jahon turizmining so‘nggi yangiliklari va trendlaridan xabardor bo‘lishadi.
B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida, butun dunyo sayyohlari va turoperatorlari uchun 2800 dan ortiq turistik mahsulot va yo‘nalishlar namoyish qilinadi.
28 apreldan 1 maygacha o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ko‘rgazmada O‘zbekiston ham o‘zining milliy stendi bilan ishtirok etadi.
Bunday nufuzli ko‘rgazmada qatnashish yangi bozorlarga chiqish, yangi mijozlar orttirish hamda mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Arabian Travel Market 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etuvchilar asosan mehmonxona biznesi vakillari, turoperatorlar, transport kompaniyalari, mehmondorchilik sanoati mutaxassislari, o‘quv muassasalari va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, Dubaydagi ko‘rgazmada turli anjumanlar, seminarlar, ma’ruzalar o‘tkazilib, ularda turizm sohasining yetakchi ekspertlari o‘z tajriba va bilimlari bilan almashishadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi