O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan joriy yil 24-27 aprel kunlari «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum ishida 40dan ziyod xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, «yashil» iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Prezidentimiz forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi