O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi», – deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi