Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari»
Qozog‘istonning Aqtau portidan 13 may kuni Aqtau—Toshkent konteyner poyezdida 10 ta fitingli platformaga o‘rnatilgan 20 ta konteynerlar ilk bor yo‘lga chiqdi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning xabar berishicha, bu O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Eron va Turkmaniston temiryo‘l ma’muriyatlarining Trans-Kaspiy xalqaro transport marshruti bo‘ylab yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, O‘zbekistonga qarab birinchi tranzit konteynerlari yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, «O‘ztemiryo‘lkonteyner»ning Toshkent filiali tarkibidagi Chuqursoy, Sergeli, Xovos logistika markazlarida konteyner yuklarini ortib-tushirish ishlari samarali bajarilyapti.
Shuningdek, Ohangaron va Jizzax uchastkalarini ishbilarmon doira vakillarining ishonchli hamkoriga aylantirish maqsadida logistika markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
«Mazkur uchastkalarning barchasida yuk qabul qilish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank filiallari, valyuta ayriboshlash, bankomat, bojxona, katta yuk omborlari, hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari, qolaversa, yuklarni belgilangan manzilga yetkazib berish uchun yuk mashinalari ham tashkil etilgan», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin