Notarius lavozimiga talabgorlar uchun test sinovlari joriy qilindi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 29 dekabrdagi buyrug‘i asosida “Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdievning yozishicha, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda test sinovlari joriy etiladi.
Bunga qadar tanlov faqat bir bosqichda o‘tkazilar edi. Endilikda notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — test sinovi;
ikkinchi bosqich — yozma-og‘zaki.
Tanlovning birinchi bosqichi talabgorlarning ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy, xorijiy tillar, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovi kompyuterlar hamda kuzatuv (video) moslamasi bilan jihozlangan alohida xonada o‘tkaziladi.
Agar talabgor test sinovini topshirgunga qadar unda qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qo‘yilmaydi, davom ettirmaslik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning ikkinchi bosqichiga qo‘yilmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing