O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Sooronbay Jeenbekov va Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligini bildirishdi.
ShHTning navbatdagi sammiti 13-14 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Ayni vaqtda ShHT tarkibiga 8 ta davlat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kiradi. 4 ta davlat – Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchilar, yana 6 davlat – Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Kamboja va Nepal muloqot bo‘yicha sheriklar maqomiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi