Kecha, 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi. Unda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu kuni Abdulaziz Komilov va Mevlut Chavusho‘g‘lu raisligida Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli daraja va shakllardagi O‘zbekiston – Turkiya muloqotining jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikda markaziy o‘rinni savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalari egallashi ta’kidlandi. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 40,5 foizga oshib, 2 mlrd. 172 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Delegatsiyalar rahbarlari madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakat ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida Abdulaziz Komilov va Mavlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.
Shuningdek, kecha Abdulaziz Komilov Turkiya elchilarining XI yillik konferensiyasida nutq so‘zladi. Ushbu tadbir mamlakatning siyosiy va diplomatik faoliyatini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni ichki va idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish va serqirra tashqi siyosat yuritishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston TIV rahbari o‘z nutqida jahon va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning holati va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha O‘zbekistonning qarashlari to‘g‘risida so‘zlab berdi, mintaqaviy va global tahdidlarga to‘xtaldi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keng makromintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosiy tashabbuslarini izohladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiyaga tashrifi bugun o‘z nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi