19 avgustda Pekinda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xitoy raisi o‘rinbosari Van Sishan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. Hozirda Komilov 2 kunlik tashrif bilan Xitoyda qolmoqda.
Muzokaralar davomida Xitoy vakili 27 yil davomida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar mustahkam qolayotgani, ular doirasida iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda hamkorlik muntazam chuqurlashib borayotganini, bunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasidagi mustahkam munosabatlar va doimiy aloqalar muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tgan.
Van Sishanning uchrashuvda ta’kidlashicha, hozirda Xitoy islohotlar va ochiqlik siyosatini davom ettirgan holda kuchli va farovon davlat yaratishga intilmoqda. Pekin bu yo‘lda davlat boshqaruvi, boshqa sohalarda ikki tomonlama tajriba almashish masalalarida Toshkent bilan hamkorlik qilishga katta ahamiyat qaratmoqda hamda ShHT va boshqa formatlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlamoqda.
O‘z navbatida Komilov ikki davlat o‘rtasida har tomonlama, jumladan, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalarida shakllangan do‘stona, o‘zaro ishonchli va hamkorlik munosabatlarini qayd qilib o‘tgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston ikki davlat iqtisodiyotlarini tutashtirishda va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini ilgari surishda hamda Xitoy bilan strategik sheriklikni kengaytirishda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
Komilovning Xitoyga tashrifi doirasida uning Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi va O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasining yangi binosi ochilishi marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan