4 670
BMT: O‘zbekiston — sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasidagi aholisi eng baxtiyor mamlakat
O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari orasida aholisi eng baxtli mamlakat deb topildi. Bu haqda BMT tuzilmasi tomonidan tayyorlangan Dunyo aholisining baxtlilik indeksida ma’lumot berilgan.
Reyting mamlakat yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga ulushi, ijtimoiy ta’minot, umr davomiyligi, huquq va erkinliklarning ta’minlanganlik darajasi, xayriya hamda korrupsiya ko‘lami kabi omillardan kelib chiqib tuzilgan.
2019 yilgi reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston 10 ballik baxtlilik tizimida 6,17 ball to‘plab, jahon mamlakatlari orasida 41-o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun, sobiq Ittifoqning hozirgi kundagi eng farovon respublikalari hisoblangan Boltiqbo‘yi mamlakatlari ko‘rsatkichlari O‘zbekistonnikidan biroz pastroq — Litva 42-o‘rinda, Latviya 53-o‘rinda, Estoniya esa 55-o‘rinda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidan chiqqan Gruziya 156 mamlakat orasida 119-o‘rinni egallagan. MDHga a’zo qolgan mamlakatlarning baxtlilik reytingdagi o‘rni quyidagicha: Qozog‘iston 60, Rossiya 68, Moldova 71, Tojikiston 74, Belarus 81, Qirg‘iziston 86, Turkmaniston 87, Ozarbayjon 90, Armaniston 116, Ukraina 133-o‘rinni band etgan.
Finlyandiya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstriya aholisi dunyodagi eng baxtli mamlakatlar deya e’tirof etilgan. Reytingning eng so‘nggi besh pog‘onasidan Ruanda (152), Tanzaniya (153), Afg‘oniston (154), Markaziy Afrika Respublikasi (155) va Janubiy Sudan (156) o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi