Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Joriy yilning 20 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri Anton Siluanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining davlat tashriflari, oliy darajadagi boshqa uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda va to‘laqonli bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil boshida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilajak tashrifiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator hujjatlar, jumladan, strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida eng muhim sohalar, xususan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.
Tomonlar o‘zaro manfaatdorlik va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlarning yuksak darajasi, shuningdek, uni yanada kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi