
2019 yil yanvar-avgustda O‘zbekistonda narx-navo 8,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda milliy statistika idoralari ma’lumotlariga iqtibos keltirgan holda BelaPAN nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilning ilk 8 oyida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari orasida 1-o‘rinni egallagan. Bu borada 2-o‘rinni Tojikiston (5,8 foiz), 3-o‘rinni Moldova (4 foiz) egallagan.
Yuqorida keltirilgan davlatlardan inflyatsiya miqdori kamroq Gruziyada (3,1 foiz), Qozog‘istonda (3 foiz), Belarusda (2,9 foiz) va Ukrainada (2,7 foiz) qayd qilingan. Keyingi o‘rinlarni Estoniya (2,6 foiz), Rossiya (2,4 foiz), Latviya (2,3 foiz), Litva (1,4 foiz), Ozarboyjon (0,6 foiz) va Qirg‘iziston (0,3 foiz) egallagan. Armanistonda esa, aksincha, deflyatsiya (2,3 foiz) kuzatilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.
Avgust oyida Qirg‘iziston (0,03 foiz), Qozog‘iston, Latviya (0,2 foizdan), Gruziya (0,5 foiz), Estoniya (0,7 foiz), Tojikiston (0,9 foiz) va O‘zbekistonda (2,9 foiz) inflyatsiya qayd qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.