Foto: TIV matbuot xizmati
Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 14 oktyabr kuni Bokuda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yettinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va kuzatuvchi-davlat Vengriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining o‘z ishini boshlayotgan VII sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida Turkiy kengash doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishning maqsad va vazifalari borasidagi O‘zbekiston qarashlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, mamlakat savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.
2017 yildan boshlab O‘zbekiston Turkiy kengashning ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasini yiliga o‘rtacha 30 foizga oshirib bormoqda. 5 oktyabr kuni Toshkentda turkiy olam vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi va Investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Xiva shahrining 2020 yilda turkiy olamning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida vazirlar tomonidan Turkiy kengash faoliyatining tashkiliy-moliyaviy masalalari yechimi, xususan, Vengriyada Turkiy kengash vakolatxonasini ochish bilan bog‘liq qator hujjatlar tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi