
Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, soʻnggi kunlarda energiya isteʼmoli hajmi oshdi. Shu bois,energotizimda quvvat va yoqilgʻi tanqisligi yuzaga kelgan.
Vaziyatdan kelib chiqib “Milliy elektr tarmoqlari” AJ dispetcherlari tomonidan energotizim yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, nomuayyan muddatga maxsus grafik asosida, cheklov joriy etilmoqda.
Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatimizning Angren, Bekobod, Yangiyoʻl, Chirchiq shaharlari va Bekobod, Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, ushbu holat boʻyicha uzr soʻragan holda, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklarga tayyor turishingizni iltimos qilamiz.
Rejali oʻchirishlarning davomiyligi uzogʻi bilan ikki soat davom etadi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar