Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda davlatimiz rahbari rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, unga O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.
Elboshi Nursulton Nazarboyev, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon bo‘lmoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi bugun o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)