O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.
Ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.
Davlatimiz rahbari Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi