AQSH Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo yanvar oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Bu Pompeoning AQSH davlat kotibi sifatida O‘zbekistonga birinchi marta kelishi bo‘ladi.
Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, Maykl Pompeo O‘zbekistonga tashrifi mobaynida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Hozircha tashrifning aniq muddati ma’lum emas. Ayrim manbalarga ko‘ra, Pompeo 5 yanvar kuni Qozog‘istonda keladi va Markaziy Osiyoga safari davomida O‘zbekistonda ham bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning mayida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHga tashrifi davomida Maykl Pompeo bilan ham uchrashgandi. O‘shanda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"