date
views 2 180

Peterburgdagi Migrantlarni vaqtincha saqlash markazida 161 o‘zbekistonlik bor. TIV ular haqida axborot berdi

Peterburgdagi Migrantlarni vaqtincha saqlash markazida 161 o‘zbekistonlik bor. TIV ular haqida axborot berdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxonasi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari 30 dekabr kuni Krasnoselskiy tumanida joylashgan Xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, bu yerda 161 nafar O‘zbekiston fuqarosi saqlanmoqda. Ulardan 53 nafari bir oydan ko‘p vaqt davomida aviachipta xarid qilinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi uchun sud qarorini ijroga o‘tkazilishini yoki qaror ustidan qilingan shikoyatning yuqori turuvchi sud tomonidan ko‘rib chiqilishini kutmoqda.

«Bosh konsulxona vakillari tomonidan hamyurtlarimizga konsultativ yordam ko‘rsatildi, vaziyat nazoratga olindi. Yaqin vaqt ichida Sankt-Peterburg shahar sudi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan», — deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Peterburgdagi Migrantlarni vaqtincha saqlash markazida 161 o‘zbekistonlik bor. TIV ular haqida axborot berdi