
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushib, shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esib turishi mumkin. Ob-havo esa 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkentda ob-havo o‘zgarib turishi hamda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilyapti. Ob-havo 2-4 daraja iliq.
Tog‘li tumanlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi va qor ko‘chkisi xavfi bor. Ob-havo 0-5 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar