3 761
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev 1980 yillar oxiri va 1990 yillardagi parlament faoliyati va mamlakat hayoti haqida fikr bildirdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Men 1989 yilgi parlamentdagi kurashlarni — qayerda o‘tirib, qayerda so‘zga chiqqanim, kimlar u yerda qarshi bo‘lgan — yaxshi eslayman. O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan — 10—20 daqiqa, soniyalar qolgan edi. Juda katta tayyorgarliklar bo‘lgan.
Bir shaxsning sharofati bilan mana shu tinchlik-osoyishtalikni, tizimni saqlab qoldik. O‘shanda birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevichning yonida bo‘lganman. O‘sha vaqtda Moskvadan parlament a’zolari kelib o‘tirardi, hamma tomoshabin edi.
Mustaqillik yillarida biz qiyin, lekin mashaqqatli, o‘zimizga munosib yo‘lni bosib o‘tdik. Hech qachon unutmasligimiz kerak — qiyin bo‘ldi, lekin ko‘p xatolar ham bo‘ldi. Endi xatolarni takrorlamaslik uchun biz boshqa — yangi O‘zbekistonga munosib yangi parlamentini yo‘lga qo‘yishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi