2 913
Prezident Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi
Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma’ruza qilyapti.
Ma’lumki, Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi.
Shundan kelib chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida prezidentga bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etildi.
Mamlakat prezidenti Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi.
– Abdulla Nigmatovichni 20 yildan buyon yaxshi bilaman, yonma-yon ishlaganmiz. Hayotda tuhmatlarga duch keldi, ammo singani yo‘q. Prezident bo‘lganimdan so‘ng Abdulla Aripovni hukumat tarkibiga qaytarib olib kelganim bejizga emas edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ayni vaqtda Oliy Majlisning qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida Abdulla Aripov o‘zining dasturini taqdim etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi