
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 25 yanvar, shanba kunidan yakshanbaga o‘tar vaqtda havo oqimlari almashib, ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Iliq havo oqimi o‘rnini Volgabo‘yi hududidan kiradigan salqin va nisbatan nam havo oqimi egallaydi. Ayrim joylarda kuchsiz yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta’sirida ob-havoning bulutli bo‘lishi, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, mamlakatning shimoliy hududlarida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li tumanlarida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Shu kunlarda sinoptiklar haroratning kechasi 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 0—5 daraja iliqqacha pasayishini prognoz qilmoqda. Bu harorat kun me’yorlaridan 2—4 darajaga pastdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar