Ayni paytda Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev shunday dedi:
– Bu murojaatning orqasida chuqur tahliliy o‘rganish yotadi. Bu hujjatni bir marta o‘qib chiqish, bir marta eshitish kifoya qilmaydi, har birimiz, parlament a’zolari, ilm odamlari qayta-qayta o‘qib, anglab yetish kerak. Ikkinchidan, 3 yil davomida davlatimizda katta ishlar, islohotlar amalga oshirildi, yangi bosqisga o‘tish uchun zamin yaratildi. Mana shu 3 yillikning yakuni saylovlar bo‘ldi. Bu saylovlarda xalqimiz o‘z idrokini, siyosiy irodasini namoyish qildi, saylovlar orqali Oliy Majlis, hukumat shakllantirildi. Bizda yangi bosqichga o‘tish uchun zamin yaratildi.
Shunday xulosa qildimki, bu hujjat faqat keyingi yil uchun mo‘ljallangan murojaat emas. Bu keyingi 10 yillik uchun mo‘ljallangan. Men uchun shunday xulosa bo‘ldiki – O‘zbekiston muhtasham 10 yillik davriga kirdi. Bu biz uchun hayot-mamot masalasi bo‘ladi. Yo raqobatbardosh, zamonaviy, rivojlangan davlat bo‘lamiz, yoki orqada qolib ketamiz – dedi spiker. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi