10:45 / 29.01.2020
3 007

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga borishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga borishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Berlindagi xalqaro konferensiya doirasida Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

2019 yilning 29 noyabrida Toshkentda tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlari yuqori baholandi, tomonlar sammitda qabul qilingan mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan qarorlarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilishgan.

«Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlashdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rejalashtirilgan tashrifi muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi», – deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Vazirlar 3 fevral kuni Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo ishtirokidagi «Markaziy Osiyo — AQSH» formatidagi vazirlar uchrashuviga («C5 + 1») oid hamda boshqa ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi boshqa masalalarni ham muhokama qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga borishni rejalashtirmoqda