Yanvar oyida O‘zbekistonga 2659 nafar xitoylik sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2019 yilning yanvariga nisbatan 15,9 foizga ko‘p, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
2020 yilning yanvarida O‘zbekistonga 538 360 nafar chet ellik kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,1 foizga ko‘p. Ularning aksariyat qismi — 514 774 nafari, har doimgidek, MDH mamlakatlaridan. Uzoq xorijdan 23 586 kishi kelgan.
Birinchi o‘rinda — Qozog‘iston bo‘lib, u yerdan 164 100 kishi kelgan. Ikkinchi o‘rinni Tojikiston (137 298 kishi), uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston (121 856 kishi) egallagan.
Turkmaniston (118,4 foizga), Bangladesh (200 foizga), Braziliya (266,7 foizga), Irlandiya (383,3 foizga), Shri-Lanka (600 foizga), Mo‘g‘uliston (1333,3 foizga) va Vetnamdan (1425 foizga) keluvchilar soni keskin oshgan.
Avvalroq koronavirus sabab O‘zbekiston xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi, boisi xitoyliklarga xorijiy tur-paketlar sotib olish va chet elda mehmonxonalarni bron qilish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Toshkentdagi mehmonxonalarning egalari koronavirusdan O‘zbekistonning turizm sohasi foyda ko‘rishi, Xitoyga safar qilish niyatida bo‘lgan sayyohlar endi boshqa mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga kelishi mumkinligini ta’kidlashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi