Buyuk Britaniyaning mashhur “Telegraph” gazetasida Sara Uilerning Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan ko‘hna va navqiron Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlari bo‘ylab sayohati haqida maqola chop etildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Jurnalist O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida so‘z yuritarkan, mamlakatimizni shu kunga qadar yetarlicha kashf qilinmagan “Yorqin nur taraladigan diyor” deya ta’riflaydi.
Muallifning O‘zbekiston bilan yaqindan tanishish maqsadidagi safari Samarqanddan boshlanadi. Shohi Zinda majmuasida bo‘lgan Sara Uiler maqbaralardagi marjon-yashil ranglar jilosini tasvirlab, o‘quvchini me’moriy inshootlar derazalaridan tushayotgan quyosh nurining g‘isht qoplamalarda tovlanishidan zavqlanishga taklif qiladi.
Xususan, maqolada shunday keltiriladi: “Qusam ibn Abbos maqbarasidan chiqar ekansiz, Shohi Zinda majmuasining uzun yo‘lagi ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Temuriylar me’morchiligi dunyoda betakrordir. U o‘z go‘zalligi bilan sizni maftun etmay qolmaydi. Samarqandda, shuningdek, Amir Temurning nefrit toshli, gumbazsimon frizlar bilan o‘ralgan va naqshlar tushirilgan maqbarasi ham bor”.
Britaniyalik muallif Registonni ulug‘vorlik kasb etgan madrasalar maydoni, uning shimoli-sharqida joylashgan Bibixonim maqbarasini esa ranglar mo‘’jizasi, deb e’tirof etadi.
Shundan so‘ng sayyoh Buxoroga borgani, u yerda shahar manzarasi va Somoniylar maqbarasi bilan tanishgani haqida tasvirlaydi. Uning aytishicha, tong saharda maqbara g‘ishtlari aniq aks etib, oqish rangda jilolanadi.
“Maqbaradan uncha uzoq bo‘lmagan masofada hayratlanarli Minorai Kalon joylashgan. Buxoro uzoq yillar davomida Markaziy Osiyoning ilm-fan, diniy va madaniy markazi bo‘lib kelgan”, deydi jurnalist.
Xiva britaniyalik sayyohning O‘zbekiston bo‘ylab safari yo‘nalishida so‘nggi manzil bo‘ldi.
“Ichan qal’a” majmuasining baland devorlari botayotgan quyosh nurida och-sarg‘ish rangda namoyon bo‘ladi. Bu yerda odamlar kechki mahal yulduzlarga to‘la osmon ostidagi madrasalar oralab sayr qiladi”, deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi S. Uiler. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi