
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga 16 martdan ta’til beriladi.
16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Kun.uz yozishicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi ko‘zda tutilgan, vaziyatga qarab muddat uzayishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi. U 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan, u bilan bir reysda bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari tibbiy nazoratga olingan, bemorning oila a’zolari va u bilan aloqada bo‘lgan boshqa kishilar izolyatsiya qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar