8 860
Chegaralar yopildi. Chet elda bo‘lib turgan hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qayta oladimi?
Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘tkazilgan brifingda xorij bilan avto va aviayo‘nalishlar yopilgani haqida xabar berilgan edi. Bunday holatda xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishi haqida tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
«Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha vaqtincha cheklov choralari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?