21:57 / 20.03.2020
4 013

Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi

Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi
Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari 17—19 mart kunlari o‘tkazilgan tadbirlar davomida 123 431 dona, umumiy qiymati 311 million 200 ming so‘mlik hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqob noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligini aniqladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro M.M. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, hech qanday hujjatlarsiz 8750 dona, umumiy qiymati 17 million 500 ming so‘mlik tibbiy niqobni savdoga qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.

Yunusobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fuqaro Z.F. ham mo‘may daromad ilinjida hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 8400 dona, umumiy qiymati 16 million, 800 ming so‘mlik tibbiy niqobni 3 ming so‘mdan noqonuniy ravishda pullayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Avvalroq Toshkentda bir kunda qiymati 123 million so‘mlik sifatsiz tibbiy niqoblarning noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgani aniqlangani xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tibbiy niqoblar sotayotganlar aniqlandi