18:44 / 22.03.2020
3 362

Toshkentda dehqon bozorlari, do‘konlar va shifoxonalar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi

Toshkentda dehqon bozorlari, do‘konlar va shifoxonalar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi
Bugun, 22 martdan boshlab, Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatildi. Shahar hokimligi shu munosabat bilan aholi orasida tarqala boshlagan mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

«Ma’lum qilamizki, aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, aptekalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmatlari faoliyati to‘xtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Aholimizdan koronavirusning keng tarqalmasligini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ularning salomatligi va xavfsizligi uchun ekanligini tushunishlarini, o‘zlari va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini, shifokorlar tavsiyalariga to‘liq amal qilishlarini iltimos qilamiz», – deyiladi hokimlik bildirishida.

Eslatib o‘tamiz, 25 martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar 223 ming so‘m (BHMning bir barobari) jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik yana qaytariladigan bo‘lsa, jarima miqdori 669 ming so‘mni (BHMning 3 barobari) tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda dehqon bozorlari, do‘konlar va shifoxonalar odatdagi tartibda ishlashda davom etadi