Foto: REUTERS / Charles Platiau
Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi Osiyodagi 7ta mamlakatga insonparvarlik yordami yuborishini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Ro‘yxatdan O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Hindiston, Butan va Vetnam ham joy olgan.
Reuter’s xabariga ko‘ra, ushbu 7ta davlatga jami 1,7 millionta niqob, 165 mingta test, himoya kiyimlari va tibbiy asbob-uskunalar (sun’iy nafas oldirish apparatlari, isitma o‘lchash asboblari kabilar) jo‘natiladi.
Jek Ma fondi bungacha Rossiya, Yevropa va AQSHga ham gumanitar ko‘mak ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, milliarder Fattoh Shodiyev fondi ham O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston kecha, 28 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan 8 tonnadan ortiq gumanitar yordam qabul qilib oldi.
Avvalroq o‘zbek diplomatik missiyalari Rossiya, Xitoy va Singapurdan gumanitar yuklarni olib kelish bo‘yicha ishlar olib borayotgani xabar qilingandi.
Bunga qadar O‘zbekiston tomoni Xitoy va Eronga insonparvarlik yordami jo‘natgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?