5 588
Makkada O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab, duo qilindi (video)
O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab Baytullohda duo qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi.
"O‘zbekiston musulmonlari idorasining "Haj" va "Umra" safarlari bo‘yicha Saudiya Arabistonidagi hamkor "al-Hidoya" shirkati vakillari Makkai mukarramadagi Harami sharifda insoniyat boshiga kelgan bu xastalikni daf bo‘lishini so‘rab, Haq taologa yolvorib quyidagi duo o‘qidilar", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik bo‘yicha ilk holat 14 mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog‘aydi, ikkitasi vafot etdi. Ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 263 nafarga yetgan.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekanligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi