3 078
O‘zbekiston koronavirusga qarshi ajratgan pul ayrim boy davlatlarnikidan ikki-uch barobar ko‘p — Sodiq Safoyev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev tadbirkorlarga, deputatlarga va hamyurtlarimizga murojaat qildi.
Tadbirkorlarga
Tadbirkorlar va ishbilarmonlarga murojaat qilmoqchimanki, xar qanday inqiroz bu yangi rivojning zamiridir. Kelajakda qayta tiklanish uchun yangi g‘oyalarni o‘ylashingiz kerak. Chunki, ertaga jahon bozorida vaziyat o‘zgaradi, yangi talablar bo‘ladi.
Hukumatimiz tomonidan soliq va kredit qarzlari borasida yordam berilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak.
Ishonamanki, bugungi inqiroz, ertaga rivojlanishingiz uchun zamir bo‘ladi.
Fuqarolarga
Fuqarolarimizga shuni aytmoqchimanki, bugun biz dadil bo‘lishimiz kerak. Bilishimiz kerakki, yurtimiz bu sinovlardan, albatta, o‘tadi.
Buning uchun biz, intizomga rioya qilib, andishani chetga surgan holda oila a’zolarimiz va mahallamiz uchun talabchanlikni ilgari surishimiz kerak. Biz bu inqirozdan albatta o‘tamiz.
O‘zbekiston hukumati koronavirus uchun ajratgan mablag‘ ayrim boy davlatlarning koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirgan pulidan ikki, uch barobar ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emas.
Hukumat koronavirusga qarshi barcha choralarni ko‘zda tutgan va maksimal darajada harakat qilmoqda.
Deputatlarga
6500 nafar mahalliy kengash deputatlari, senatorlarga qarab shu narsani aytmoqchi bo‘lyapmanki, bugun siz befarq bo‘lmanglar. Majlis o‘tkazmang. Balki bugungi kunda sizni saylagan saylovchilaringiz ahvolidan xabardor bo‘ling. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi