O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy gvardiyasining tergov organlarida surishtiruvchi va tergovchi lavozimiga kadrlar zaxirasini yaratish, yosh mutaxassislarda tergov harakatlarini o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish, ushbu sohada “ustoz-shogird” an’analarini mustahkamlashga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilishi mumkin:
prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida belgilangan shtatlar jadvali doirasida “tergovchi-yordamchi” lavozimini joriy etish va ushbu lavozimga ta’lim muassasasini tugatgach mazkur organlarga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar tayinlanishi hamda mazkur lavozimda bir yil davomida xizmat olib borishi;
prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlariga mustaqil tergovchi sifatida tayinlanishida xodimning “tergovchi-yordamchi” lavozimida faoliyat yuritgani birinchi navbatda inobatga olinadi;
birinchi marotaba mustaqil tergovchi lavozimiga tayinlangan shaxsni uch yil davomida boshqa sohaviy yo‘nalishlarga, shu jumladan yuqori tergov organlariga tergovchi lavozimlariga xizmatga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;
birinchi marotaba mustaqil tergovchi lavozimiga tayinlangan shaxslarga ushbu lavozimlarda ko‘p yillar samarali mehnat qilib, tegishincha prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxslar orasidan murabbiy biriktirish.
Mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari – Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etiladi.
Tergov hibsxonalari va ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlari bo‘yicha vakilga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati tuzilmasiga 16 ta qo‘shimcha shtat birligi ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»