
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridagi avariya oqibatida uy-joyi zarar ko‘rgan aholining yangi uylarini qurishni kechiktirmaslik haqida ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari bu haqda 13 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlagan.
«Uy qurilishini bir yilga cho‘zmanglar, barcha jabr ko‘rgan insonlar ikki oyda yangi, hovlisiga rayhon va mevali daraxtlar ekiladigan sifatli uylarga ko‘chib o‘tishi kerak», — deya Prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Daryo.uz».
Topshiriq bo‘yicha 14 maydan boshlab Sirdaryo viloyati hududida qurilish ishlari boshlanadi. Prezidentning o‘zi yaqin kunlarda yana Sirdaryoda bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq «Daryo»ning hukumatdagi manbasi viloyatlar hokimlari yuzlab quruvchilar bilan Sirdaryoga yo‘lga chiqqanini ma’lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar