16:41 / 14.05.2020
2 598

Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi

Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi
Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 million dollar miqdoridagi aktivlar 14 may kuni Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aktivlar Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va vakolatli idoralari ishtirokida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida qaytarilgan.

Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston davlat budjetiga o‘tkazib berildi va umumiy tartibda ishlatiladi.

Xabarda aytilishicha, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

Xususan, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSH, Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

«Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular G.Karimova (uning oila a’zolari)ning tasarrufida emas. Shu bois, muqaddam ayrim OAVlarda xabar berilganidek, O‘zbekistonga mulklar va mablag‘lar bevosita G.Karimova yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi mulohazalar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi yana bir bor ta’kidlanadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gulnora Karimovaning Fransiyadagi 10 mln dollar aktivi O‘zbekistonga qaytarildi