14:10 / 15.05.2020
2 928

Qurilish vazirligi «Land Cruiser 200» sotib olishiga Moliya vazirligi e’tiroz bildirdi

Qurilish vazirligi «Land Cruiser 200» sotib olishiga Moliya vazirligi e’tiroz bildirdi
Qurilish vazirligi tomonidan «Land Cruiser 200» avtomobili «istisno tariqasida tanlovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida» sotib olinishiga Moliya vazirligi e’tiroz bildirdi.

«Davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni, raqobat va xolislikni, asoslanganlikni, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini ta’minlash davr talabi.

Moliya vazirligiga 2020 yil 7 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi kelishish uchun kelib tushdi.

Mazkur farmoyish loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida «Land Cruiser 200» rusumli avtomashinasi xaridini istisno tariqasida tanlovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirish vazifasi yuklatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunining maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning 4-12-moddalarida davlat xaridlarining asosiy prinsiplari belgilangan bo‘lib, mazkur prinsiplar davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli Farmonning 27-bandida vazirlik va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlangan.

Farmoyish loyihasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha kiritilgan norma davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunhujjatlari talablariga zid bo‘lganligi sababli, shuningdek davlat xaridlarini ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik, moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi kabi prinsiplarga tayangan holda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ushbu normani chiqarib tashlash bo‘yicha Moliya vazirligining taklifi bildirildi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Xabar qilinishicha, Toshkentda «Land Cruiser 200» avtomobilining narxlari 1 029 000 000 so‘mdan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurilish vazirligi «Land Cruiser 200» sotib olishiga Moliya vazirligi e’tiroz bildirdi