17:20 / 17.05.2020
2 286

Tibbiy niqoblarni maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilish mumkin – JSST vakili

Tibbiy niqoblarni maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilish mumkin – JSST vakili
Koronavirusdan himoyalanish maqsadida taqilayotgan tibbiy niqoblarni oddiy maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilish mumkin, deb ma’lum qildi JSSTning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Melita Vuynovich.

«Niqoblarni maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilish mumkin. Ular bevosita odam yuzidan yechayotgan vaqtdagina xavfli bo‘lib, ma’lum vaqt o‘tgach amalda xavf tug‘dirmaydi», – deya Vuynovichdan iqtibos keltirmoqda «Interfaks».

Uning qo‘shimcha qilishicha, tibbiy niqoblarning infeksiya manbayi ekani undan kundalik-maishiy foydalanish bilan bog‘liq emas. Bu asosan shifoxonalarga taalluqli.

«Chunki aynan shifoxonalarda infeksiya tarqalganlik darajasi yuqori bo‘ladi», – dedi JSST vakili.

Melita Vuynovichning so‘zlariga ko‘ra, foydalanilgan tibbiy qo‘lqoplarning qanchalik xavfsiz ekani bo‘yicha hozircha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Chunki aksariyat kishilar asosan tibbiy niqoblardan foydalanishyapti va qo‘lqoplarga oid keng ko‘lamli ma’lumotlar mavjud emas.

Ayni paytda, Rossiya davlat dumasi qo‘mita raisi Vladimir Burmatovning fikricha, odamlar tibbiy niqobdan foydalangach, uni «tibbiy-individual himoya vositalari kabi zararsizlantirishi va utilizatsiya qilishi kerak».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida tibbiy niqob taqish shart. Mart oyida mamlakatdan tibbiy niqoblar eksporti to‘xtatilib, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish uchun litsenziya talab etilmaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tibbiy niqoblarni maishiy chiqindilar kabi utilizatsiya qilish mumkin – JSST vakili